Bugun 7 mart, 2026 yil, shanba

КИР

«Real Madrid»ning «Selta»ga qarshi qaydnomasi ma’lum: Lazaret to‘lgan, Arbeloa yoshlarni chaqirdi

«Real Madrid»ning «Selta»ga qarshi qaydnomasi ma’lum: Lazaret to‘lgan, Arbeloa yoshlarni chaqirdi

«Real» Ispaniya La Ligasi doirasidagi «Selta»ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Madridliklar bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa quyidagi o‘yinchilarga ishonch bildirmoqda:

Darvozabonlar: Kurtua, Lunin, Mestre.
Himoyachilar: Karvaxal, Trent Aleksander-Arnold, Asensio, Fran Garsiya, Ryudiger, Mendi, Aguado, Lamini.
Yarim himoyachilar: Valverde, Tchuameni, Gyuler, Sestero, Manuel Anxel, Palasios, Tyago. Hujumchilar: Vinisius Junior, Gonsalo Garsiya, Braim Dias.

«Real»ning jarohatlangan va diskvalifikasiya qilingan futbolchilar ro‘yxati ancha keng: Mbappe, Bellingem, Alaba, Rodrigo, Sebalyos, Militao, Xyoysen, Karreras, Mastantuono.

«Selta» — «Real» uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 7 martga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 17:04 06.03.2026. O'qildi: 521 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!