Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

«Real Madrid» klubi so‘nggi besh mavsumdagi antirekordini takrorladi

«Real Madrid» klubi so‘nggi besh mavsumdagi antirekordini takrorladi

Madridning «Real» klubi La Liganing 19-turidan o‘rin olgan o‘yinda «Atletik Bilbao»ga imkoniyatni boy berdi. Uchrashuv 2:1 hisobida biskayliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa, «Los Blankos» 2024/2025 yilgi mavsumdagi beshinchi o‘yinida mag‘lub bo‘ldi.

«Opta Sport» xabariga ko‘ra, «Qirollik klubi» Karlo Anchelotti qo‘l ostida futbol yilining birinchi yarmidagi mag‘lubiyatlar soni bo‘yicha so‘nggi besh mavsumdagi klub antirekordini takrorladi. Avvalgi marta xuddi shu davrda 2020/2021 yilgi mavsumda beshta mag‘lubiyat qayd etilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «qaymoqranglilar» «Liverpul» (0:2), «Milan» (1:3), «Barselona» (0:4) va «Lill» (0:1)ga mag‘lub bo‘lgandi.

Madridning «Real» klubi ayni damda 33 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 10:15 05.12.2024. O'qildi: 783 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!