Bugun 2 fevral, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ranyeri: "Katta o‘yinlar katta futbolchilarni namoyon qiladi" va Shomurodov...

Ranyeri: "Katta o‘yinlar katta futbolchilarni namoyon qiladi" va Shomurodov...

Klaudio Ranyeri "Roma"ning "Ayntraxt Frankfurt" ustidan 2:0 hisobidagi g‘alabasidan so‘ng Mats Xummelsni alohida maqtadi, Eldor Shomurodovni jamoada saqlab qolishining sababini tushuntirdi va Yevropa Ligasidagi favoritlik haqidagi gaplarga kuldi.

Jiallorossilar oxirgi tur oldidan bosimni his qilishdi va faqat g‘alabagina ularning pley-offdagi o‘rnini kafolatlashini bilishardi.

Ular ikkinchi o‘rinni egallab turgan "Ayntraxt Frankfurt"ga qarshi o‘ynab, Anxelino va o‘rinbosarlar safidan tushgan Shomurodovning gollari evaziga tomoshabinlar bilan liq to‘la "Olimpiko" stadionida 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

"Bunday katta o‘yinlarda katta futbolchilar o‘zlarini namoyon qilishadi. Ba’zilari jahon chempionlari, ular jamoani o‘z qo‘llariga olib, barcha jamoadoshlarini ruhlantirishadi," deya ta’kidladi Ranyeri Sky Sport Italia nashriga.

Shomurodov so‘nggi ikki o‘yinda zaxiradan tushib, ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Shunday ekan, u "Roma"da qoladimi yoki O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi hali ham "Venesiya"ga o‘tish arafasidami?

"Men unga bizda qolishini aytdim. Barcha o‘yinchilar ham, muxlislar ham uni yaxshi ko‘rishadi, chunki u borini beradi. Men u bilan "Kalyari"da ham ishlaganman, u doim kulib turadi, garchi ba’zida jahlimni chiqarsa ham! Men unga dedim: Agar sen ketsang, men kimga jahl qilaman?!

- Uni yaxshi ko‘rishimni biladi!"

Kiritildi: 20:35 01.02.2025. O'qildi: 2094 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!