Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

“Real Madrid” “Al-Hilol” futbolchisini sotib olishi mumkin

“Real Madrid” “Al-Hilol” futbolchisini sotib olishi mumkin

Portugaliya terma jamoasi hamda Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi futbolchisi Ruben Nevesh faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirishi mumkin. Fichajes nashri xabariga ko‘ra, yarim himoyachiga “Real Madrid” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Unga ko‘ra, Neveshning Saudiya Arabistonidagi faoliyati kutilganidan ancha erta yakunlanishi mumkin. Yarim himoyachi hamda “Al-Hilol” o‘rtasidagi shartnoma 2026-yilning yozida yakuniga yetadi. Hozircha bitimni uzaytirish borasida muzokara olib borilgani yo‘q. Shu sababli klub yanvar oyida futbolchini sotib, uning transferidan foyda ko‘rishni istamoqda.

Futbolchining atrofidagilar Neveshning yaqin orada Yevropaga qaytishini ham inkor etmayapti. Yaqin vaqtga qadar yarim himoyachiga “Manchester Yunayted” jiddiy qiziqish bilirgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Hozirga kelib futbolchi uchun “Real” ham da’vogarga aylangan.

“Qirollik klubi”ning Nevesh transferi uchun kurashga qo‘shilgani bejiz emas. Sababi joriy mavsum madridliklar yarim himoya chizig‘ida ayrim kamchiliklarni sezilmoqda. Ayniqsa, o‘yinni nazorat qilish, tempni pasaytirish va to‘pni ko‘proq o‘zida saqlab turish talab etiladigan uchrashuvlarda bu yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.

“Real” rahbariyati portugaliyalik yarim himoyachining o‘yinini yuqori baholamoqda. Sababi Nevesh uzoq yillar davomida Angliya Premyer Ligasida o‘ynagan, “Vulverhempton” sardori bo‘lgan va maydon markazidan o‘yinni boshqara olish qobiliyati bilan boshqalardan ajralib turgan. Bundan tashqari, Nevesning uzoq masofadan aniq va kuchli zarba bera olishi ham “Real” hujum chizig‘ida yetishmayotgan muhim jihatlardan biri sifatida baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Ruben Nevesh joriy mavsum “Al-Hilol” safida jami 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol hamda 1 golli uzatma muallifiga aylangan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 23:37 20.12.2025. O'qildi: 261 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!