Bugun 22 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

"Real" Joze Mourinyoga qat’iy ultimatum qo‘ydi

"Real" Joze Mourinyoga qat’iy ultimatum qo‘ydi

Madridning "Real" klubi Joze Mourinyoga qat’iy ultimatum qo‘ydi. Mutaxassis yaqin vaqt ichida ishdan bo‘shatilishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk portali xabar bermoqda.

"Real" prezidenti Florentino Peres Mourinyoga mavjud vaziyatni to‘g‘rilash uchun ikkita o‘yin muhlat berdi. Agar "qaymoqranglilar" Chempionlar ligasida "Leypsig"ga va Ispaniya La Ligasida "Barselona"ga mag‘lub bo‘lsa, Joze ishdan bo‘shatiladi.

Avvalroq "Real" rahbariyati Mourinyoning ishidan norozi ekani haqida xabarlar tarqalgandi. Klub mutasaddilari murabbiyga, jumladan, transferlar masalasida ham katta erkinlik berishgan. Shu sababli ular jamoa natijalaridagi ijobiy o‘zgarishlarni darhol ko‘rishni kutgan.

Kiritildi: 17:33 20.10.2026. O'qildi: 672 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!