Bugun 4 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

"Real"ga italiyalik mashhur murabbiy tayinlanishi mumkin

"Real"ga italiyalik mashhur murabbiy tayinlanishi mumkin

Madridning "Real" klubi ispaniyalik Alvaro Arbeloaning o‘rnini egallaydigan yangi bosh murabbiy izlamoqda. "Qaymoqranglilar" o‘z e’tiborini Italiya A Seriyasiga qaratdi.

Corriere dello Sport nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, "qirollik klubi"ning qiziqishlari doirasida "Milan"ning amaldagi ustozi Massimiliano Allegri bor. Mutaxassis 2025/2026 yilgi mavsum yakunlanganidan keyin "Real"ga taklif etilishi mumkin.

Allegrining "rossonerilar" bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Uning qo‘l ostida Milan jamoasi Italiya chempionatining joriy mavsumida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, "Real" mavsum davomida Xabi Alonsoni iste’foga chiqargan edi.

Kiritildi: Bugun 17:42. O'qildi: 414 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!