Bugun 9 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

"Real" futbolchilarining har biri 1 million yevrodan ishlab olishi mumkin, buning uchun...

"Real" futbolchilarining har biri 1 million yevrodan ishlab olishi mumkin, buning uchun...

"Real" klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozonsa, o‘yinchilarning har biriga bir million yevrodan to‘laydi.

As ma’lumotlariga ko‘ra, Madrid klubi turnirda g‘alaba qozonilsa, har bir o‘yinchiga 1 million yevro miqdorida mukofot puli to‘lashni tasdiqlagan.

Qayd etilishicha, Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritish uchun ham shunga o‘xshash mukofotlar to‘lanadi.

Barcha muvaffaqiyatli o‘tkazilgan o‘yinlar va KJCh kubogini qo‘lga kiritish "Real"ga taxminan 140 million yevro daromad keltirishi mumkin. Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish va turnirning barcha o‘yinlarida ishtirok etish esa taxminan 100 million yevro daromad keltirgan bo‘lar edi.

Bundan tashqari, FIFA tomonidan KJCh uchun kafolatlangan to‘lovlarga teletranslyasiya huquqlari va boshqa qo‘shimcha xizmatlar uchun pullar qo‘shiladi.

2025 yilgi Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 15 iyundan 13 iyulgacha AQShda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 12:01 31.05.2025. O'qildi: 483 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!