Lissabonning "Benfika" klubi darvozaboni Anatoliy Trubin Chempionlar ligasi 8-turidan o‘rin olgan "Real" Madridga qarshi bahsda gol urganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Avvaliga mendan nima istashayotganini tushunmadim. Keyin meni raqib jarima maydoniga yuborishayotganini tushundim va u yerga yugurdim. Bu aqldan ozish edi. Gol urishga muvaffaq bo‘ldim. Bu mening faoliyatimdagi birinchi gol. Ajoyib lahza», - deya ukrainalik darvozabonning so‘zlarini keltiradi A Bola nashri.
"Benfika" o‘z maydonida Alvaro Arbeloa shogirdlarini 4:2 hisobida mag‘lub etdi. Trubinning goli evaziga Joze Mourinyo jamoasi Yevropa Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga yo‘l oldi.