«Real» hujumchisi Vinisius Junior diskvalifikasiyadan keyin asosiy tarkibdagi o‘rnini qaytarishda qiyinchilikka duch kelishi mumkin.
Mundo Deportivo ma’lumotiga ko‘ra, braziliyalik futbolchi La Ligadagi so‘nggi to‘rtta o‘yinni o‘tkazib yuborgan paytda uning o‘rnida Yan Diomande muvaffaqiyatli harakat qilgan. «Real» esa ketma-ket 8 ta g‘alabaga erishgan.
«Men uchun eng muhimi — jamoa. Hech qachon bir futbolchining manfaati uchun butun jamoaga zarar yetkazmayman», — dedi bosh murabbiy Joze Mourinyu.
Vinisius diskvalifikasiya davrida Chempionlar ligasida o‘ynagan, ammo uning harakatlari murabbiylar shtabida savollar tug‘dirgan. Endi Mourinyu 21 noyabrda «Selta»ga qarshi bahsda braziliyalikni asosiy tarkibga qaytarish yoki zaxirada qoldirish masalasini hal qilishi kerak.