Madridning "Real" klubi joriy mavsumda ham penaltilar aniqligida muammolarga duch kelishda davom etmoqda.
Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi ilk o‘yinida Xabi Alonso jamoasi "Al-Hilol" bilan durang o‘ynadi - 1:1. Uchrashuvning 92-daqiqasida "Real" yarim himoyachisi Federiko Valverde 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantira olmadi: Saudiya klubi darvozaboni Yassin Bunu yo‘nalishni topdi va to‘pni qaytardi.
Jurnalist Pedro Martinning ma’lumotiga ko‘ra, bu madridliklarning mavsumdagi 19-penaltisi bo‘ldi. Ulardan faqat 12 tasi gol bilan yakunlandi, yettita urinish muvaffaqiyatsiz bo‘ldi - penaltidan foydalanish ko‘rsatkichi taxminan 63 foizni tashkil etdi.