Bugun 28 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

«Real» «Chelsi» yulduzini kelasi yozdagi asosiy nishonlardan biri sifatida belgiladi

«Real» «Chelsi» yulduzini kelasi yozdagi asosiy nishonlardan biri sifatida belgiladi

"Real" tarkibni kuchaytirish bo‘yicha rejalar tuzmoqda. The Touchline nashriga ma’lum bo‘lishicha, Madrid superklubi yangi yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bunday xarid joriy qishda emas, balki keyingi yozda amalga oshiriladi.

Manbaga ko‘ra, ayni damda "Real"ning asosiy maqsadi Enso Fernandes bo‘lib turibdi. Biroq yakuniy qaror yozda qabul qilinadi va murabbiyga bog‘liq bo‘ladi. "Qaymoqranglilar" boshqaruvida Alvaro Arbeloa qoladimi yoki klub boshqa mutaxassisni tayinlaydimi, hozircha noma’lum.

Enso Fernandes hozirda "Chelsi" sharafini himoya qilmoqda. Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari 25 yoshli argentinalikni 85 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: Bugun 19:52. O'qildi: 316 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!