"Real" hujumchi Endrikni "Lion"ga ijaraga berib yuborganidan afsusda.
L'Equipe xabariga ko‘ra, braziliyalikning "Mets" darvozasiga urgan xet-trigi Ispaniyada katta hayrat uyg‘otgan, Madrid matbuoti esa "qaymoqranglilar" rahbariyati singari forvardning "Lion"ga ijaraga o‘tganidan afsusda. Xabi Alonso Endrikning ketishiga yo‘l qo‘ygani uchun tanqid qilinmoqda va "Lion" braziliyalikdan katta foyda ko‘rmoqda, uning media ta’siri allaqachon Kilian Mbappening Liga 1dagi dastlabki kunlari bilan taqqoslanmoqda.
Endrik "Lion" tomonidan joriy mavsum yakuniga qadar ijaraga olindi. Joriy mavsumda hujumchi fransuz klubi safida barcha musobaqalarda uchta o‘yin o‘tkazib, to‘rtta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.