Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba

КИР

"Real" afsonasining o‘g‘li BAA terma jamoasida o‘ynaydigan bo‘ldi

"Real" afsonasining o‘g‘li BAA terma jamoasida o‘ynaydigan bo‘ldi

"Real" afsonasi Michel Salgadoning o‘g‘li Alan Salgado Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasida o‘ynashga qaror qildi. U 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat (U19) jamoa safida allaqachon debyut uchrashuvini o‘tkazdi.

"Debyuting bilan faxrlanaman, o‘g‘lim. Sening o‘yiningning har bir daqiqasidan zavq olaman, chunki bunday darajaga chiqish qanchalik qiyinligini bilaman. Lekin bu darajada qolish undan ham qiyinroq, shuning uchun senga kurashishni va shu bilan birga kamtar bo‘lishni maslahat beraman. Seni yaxshi ko‘raman", — deya "Real" sobiq futbolchisi o‘g‘liga oq yo‘l tiladi.

Eslatib o‘tamiz, katta Salgado 1999 yildan 2009 yilgacha "Real" sharafini himoya qilgan, jumladan, mashhur "Galaktikos" davrida ham to‘p surgan.

Kiritildi: Bugun 13:24. O'qildi: 396 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!