Bugun 26 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

«Real» afsonasi va yana ikki futbolchi kelasi yozda tekinga jamoani tark etadi

«Real» afsonasi va yana ikki futbolchi kelasi yozda tekinga jamoani tark etadi

Madridning "Real" klubida keyingi yozda bir qator o‘zgarishlar bo‘ladi. Asosan jamoaning himoya chizig‘ida katta o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.

Marca xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" kelasi yozda birdaniga 3 nafar himoyachisi bilan xayrlashishi kutilmoqda. Gap Dani Karvaxal, David Alaba va Antonio Ryudiger haqida ketmoqda. Rahbariyat ularning o‘rnini yosh futbolchilar bilan to‘ldirmoqchi.

32 yoshli Ryudiger hozirda Transfermarkt portalida 12 million yevroga baholanmoqda. Xuddi o‘sha portalda 33 yoshli Alaba 4 millionga, Dani Karvaxal 7 millionga baholanmoqda.

Kiritildi: 23:43 25.12.2025. O'qildi: 218 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!