Bugun 10 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

"Real" afsonalari "Barselona"ni mag‘lub etdi

"Real" afsonalari "Barselona"ni mag‘lub etdi

Yakshanba kuni Kosta-Rikada bo‘lib o‘tgan afsonalar o‘rtasidagi uchrashuvda "Barselona" "Real"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Antonio Nunyes 24-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 27-daqiqada Guti jarima maydonchasi chetidan zarba yo‘llab, madridliklarning ustunligini ikkitaga oshirdi.

"Real" afsonalari tarkibida quyidagilar maydonga tushdi: Kasilyas, Nunyes, Pepe, Kongo, Balboa, Kampo, Guti, R. Bravo, Sans, de la Red, Makelele. Shuningdek, o‘yinda Olalya, Agus, Kontreras, Barral va Moral ham ishtirok etdi.

"Barsa" afsonalari safida esa Bayya, Montoyya, Puyol, Valiyente, Navarro, Mendyeta, Krosas, Koku, Jyuli, Rivaldo va Ronaldinyo to‘p surdi. Bundan tashqari, Angoy, Fontas, Okunovo, Rojer, Trasorras, Nolito va Saviola ham zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.

Kiritildi: Bugun 08:56. O'qildi: 361 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!