KJCh chorakfinalida Madridning «Real» klubi «Borussiya Dortmund»ni 3:2 hisobida mag‘lub etib, turnir yarimfinaliga chiqdi. Shu tariqa, «qaymoqranglilar» bir mavsumda o‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha mamlakat rekordini yangiladi.
One Football xabariga ko‘ra, ushbu uchrashuv «Real»ning joriy mavsumdagi 67-o‘yini bo‘ldi, bu Ispaniya klublari tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.
Avvalgi rekord ham «qaymoqranglilar»ga tegishli edi. Klub 2001/2002 yilgi mavsumda jami 66 ta o‘yin o‘tkazgan.
Madridliklar KJCh yarimfinaliga chiqqanini inobatga olsak, ushbu ko‘rsatkich yanada yaxshilanishi mumkin. Musobaqaning 1/2 finalida «Real» va «PSJ» o‘zaro to‘qnash keladi.