Bugun 2 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Rasman! Trent "Real" futbolchisiga aylandi

Rasman! Trent "Real" futbolchisiga aylandi

Trent Aleksander-Arnold "Liverpul"dan "Real"ga o‘tdi.

26 yoshli himoyachi "Real" bilan 6 mavsumga, 2031 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzoladi.

Trent o‘zi tarbiyalangan "Liverpul"ni erkin agent sifatida tark etdi. Biroq "qizillar" futbolchining "Los-Blankos" bilan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi o‘yini uchun tovon olishini ma’lum qildi.

Iyun oyida Aleksandr-Arnold AQShda bo‘lib o‘tadigan turnirda "Real Madrid" safida debyut qiladi.

Kiritildi: 15:13 30.05.2025. O'qildi: 611 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!