O‘zbekistonlik MMA jangchisi Ramazon Temirovning UFCdagi mag‘lubiyatsiz yurishiga nuqta qo‘yildi. U Abu-Dabida tashkil etilgan UFC 333 turnirida britaniyalik Loner Kavanaga imkoniyatni boy berdi.
Eng yengil vazn toifasidagi to‘qnashuv birinchi raunddayoq yakunlandi. Kavana raqibidan ustun kelib, professional faoliyatidagi 11-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Ushbu natija Temirov uchun UFCdagi ilk, professional MMA faoliyatidagi esa uchinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. Shuningdek, uning ketma-ket 12 ta jangdan iborat g‘alabali seriyasi ham to‘xtadi.
Eslatib o‘tamiz, jang oldidan Kavana UFC reytingida oltinchi, Temirov esa o‘ninchi pog‘onada borayotgan edi.