«Barselona» qanot hujumchisi Rafinya Ispaniya Superkubogi yarim finalida Bilbao shahrining «Atletik» jamoasiga qarshi bahsda dubl qayd etdi.
Braziliyalik vinger ushbu gollar evaziga "Barsa" tarixidagi eng yaxshi 50 nafar to‘purarlar ro‘yxatiga kirdi. Bu haqda «Barselona»ning X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy akkaunti xabar berdi.
O‘tgan mavsumda Rafinya «Barselona» safida barcha musobaqalar doirasida 57 ta o‘yinda maydonga tushib, 34 ta gol va 26 ta samarali uzatma muallifi bo‘ldi. Vinger Chempionlar ligasida 13 ta gol bilan musobaqaning eng yaxshi to‘purari, shuningdek, sakkizta golli uzatma bilan eng yaxshi assistentiga aylandi.
Kataloniyaliklar safida u Ispaniya chempionligi, mamlakat Kubogi va Superkubokni qo‘lga kiritgan.