Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Quvasoy shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “F.X.” MCHJ mas’ul shaxslari geologik jihatdan o‘rganish ishlarini olib borish uchun “Quvasoy-1” qum-shag‘al koni hududidan ajratilgan yer maydonidan 18 344 kub. metr qum-shag‘al aralashmasini o‘zboshimchalik bilan qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 4,1 mlrd so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.