Hindistonda 25 yoshli yigit dafn marosimida o‘ziga keldi – bir necha daqiqadan so‘ng, hindlarning urf-odatlariga ko‘ra, unga o‘t qo‘yilishi kerak edi. Polisiya bu qanday sodir bo‘lishi mumkinligini aniqlamoqda, deb yozadi Blick jurnali.
Nutq va eshitish qobiliyatidan aziyat chekkan yigit g‘arbiy Rajastan shtatida epileptik tutqanoq tutilishi bilan kasalxonaga yotqizilgan. Shifokor bemorni o‘lik deb e’lon qildi. Biroq, talab qilinganidek, otopsiya o‘tkazilmadi. Bemorni hind urf-odatlari bo‘yicha kuyishga tayyorlash uchun darhol o‘likxonaga yuborishdi.
Biroq, erkakni gulxanga jo‘natishdan biroz oldin u o‘ziga keldi. Yigit zudlik bilan qayta shifoxonaga yotqizilgan, ammo shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, u vafot etgan. Bu safar haqiqatdan.
Natijada bu ish bilan polisiya qiziqqan va tergov boshlandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa sodir bo‘lgan shifoxonaning 3 nafar xodimi ishdan chetlashtirilgan.