Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Sobiq DXX raisi qayerda ishlashi ma’lum qilindi

A A A
Sobiq DXX raisi qayerda ishlashi ma’lum qilindi

Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimini Bahodir Qurbonov egalladi. Abdusalom Azizov Xavfsizlik kengashiga tayinlandi.

Abdusalom Azizov 2019 yil fevral oyidan boshlab DXX rahbari lavozimida ishlab kelgan.

DXXning raisi lavozimiga Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov tayinlandi. Yangi rahbarni tayinlanishi marosimida Abdusalom Azizovning davlat xavfsizligi tizimining rivojiga qo‘shgan hissasi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, yangi tayinlangan DXX raisi Bahodir Qurbonov general-leytenant Azizovning xavfsizlik tizimining yangilanishi va yangi kadrlarni tarbiyalashdagi mehnatini alohida qayd etdi.

Abdusalom Azizov unga qaysi lavozimda ishlash buyurilmasin, xalq va prezidentga sodiq qolib ishlashga tayyorligini bildirdi.

Qayt etish lozim, Abdusalom Azizov O‘zbekiston DXX tizimini shaffoflik va ochiqlik tomon tubdan isloh qilishda shaxsan ishtirok etdi.

Kiritildi: 00:32 24.11.2024. O'qildi: 24538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!