Bugun 26 noyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Eronning yadroviy qurolga yangi qadami

Eronning yadroviy qurolga yangi qadami

Eron uranni boyitish uchun yangi ilg‘or sentrifugalarni ishga tushirdi, dedi yakshanba kuni Majlis (parlament) raisi Muhammad Bager Galibaf.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron hukumati yaqinda MAGATE Boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishida Eronga qarshi rezolyusiya qabul qilinganiga javoban shunday qadam tashlagan: «Eronning javobi o‘zaro munosabat tamoyiliga asoslanadi, chunki MAGATE Boshqaruvchilar kengashi adolatsiz siyosiy maqsadlarda foydalanilgan».

MAGATE Boshqaruvchilar kengashi shu hafta boshida Eronni agentlik bilan yadroviy masala bo‘yicha to‘liq hamkorlik qilmagani uchun qoralovchi rezolyusiya qabul qildi. Diplomatlarning aytishicha, kengash a’zolaridan 19 nafari rezolyusiyani yoqlab ovoz bergan, Rossiya, Xitoy va Burkina-Faso qarshi chiqqan, 12 nafari betaraf qolgan va bir nafari ovoz bermagan. Rezolyusiya AQSh ko‘magida Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya tomonidan ilgari surilgan.

Kiritildi: 23:48 25.11.2024. O'qildi: 417 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!