Tolibon AQSh va boshqa G‘arb davlatlarining bosimini yumshatishda Rossiya yordamiga umid qilmoqda.
Bu haqda harakatning muvaqqat hukumati bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari mulla Abdul G‘ani Baradar Rossiya Federasiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
Afg‘oniston hukumati xorijga mahsulot eksportini ko‘paytirish va mamlakatga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish uchun sharoit yaratishga harakat qildi, dedi Baradar.
«Ma’lumki, Afg‘onistonda Islom Amirligi g‘alaba qozonganidan keyin AQSh va G‘arb davlatlari bizga har xil bosim o‘tkazmoqda. Shuning uchun biz Rossiya Federasiyasidan bu bosimni zararsizlantirishda yordam berishini kutamiz», — deya uning so‘zlarini keltiradi agentlik.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston ishonchli iqtisodiy hamkor bo‘lib, «Tolibon» harakatining sa’y-harakatlari natijasida «Islomiy davlat» mamlakatda yo‘q qilingan va boshqa davlatlarga ko‘chirilgan.