Bugun 16 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

BAAda isroillik ravvin o‘ldirilishi yuzasidan O‘zbekiston tomoni bayonot berdi

A A A
BAAda isroillik ravvin o‘ldirilishi yuzasidan O‘zbekiston tomoni bayonot berdi

Birlashgan Arab Amirliklari hududida isroillik ravvin o‘ldirilishida gumonlanib, uch nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingandi. O‘zbekistonning Dubaydagi bosh konsulxonasi holat yuzasidan bayonot berdi.

Unda aytilishicha, O‘zbekistonning Dubay shahridagi Bosh konsulxonasi hamda Abu-Dabidagi elchixonasi Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vazirligi va boshqa mutasaddi idoralari bilan doimiy aloqada bo‘lib, mazkur masala yuzasidan oydinlik kiritish maqsadida tegishli ishlar olib bormoqda.

“Tafsilotlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi bayonotda.

Kiritildi: 10:28 26.11.2024. O'qildi: 9619 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!