Rossiya “Storm Shadow” qanotli raketalarini urib tushirganini da’vo qilmoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi o‘z kuchlari Britaniyada ishlab chiqarilgan ikkita “Storm Shadow” raketasini tutib olganini ma’lum qildi, ammo raketalar Ukraina yoki Rossiya hududi ustida urib tushirilganiga aniqlik kiritmadi.
“Havo hujumidan mudofaa kuchlari Britaniyada ishlab chiqarilgan ikkita “Storm Shadow” qanotli raketasini, AQShda ishlab chiqarilgan oltita HIMARS reaktiv raketasini va 67 ta dronni urib tushirdi”, — deyiladi Rossiya harbiylari bayonotida.
OAV xabarlariga ko‘ra, chorshanba kuni Ukraina Buyuk Britaniyadan Rossiyadagi nishonlarga “Storm Shadow”ni yo‘naltirish uchun ruxsat oldi. Qo‘shma Shtatlar shu hafta Ukraina harbiylariga Rossiyaga nisbatan uzoq masofali, AQShda ishlab chiqarilgan ATACMS raketalarini o‘qqa tutishga ruxsat berdi.