Bugun 26 noyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Halokat Rossiya razvedka xizmatlari ishtirokida amalga oshirilganligi to‘g‘risida taxminlar bor

Halokat Rossiya razvedka xizmatlari ishtirokida amalga oshirilganligi to‘g‘risida taxminlar bor

Litva prezidenti Vilnyusdagi yuk samolyoti halokatiga Rossiyaning aloqadorligiga shubhalari borligini aytdi.

"Rossiyaning buzg‘unchi xatti-harakatlari, ehtimol, endi deyarli har bir samolyot halokatiga birinchi navbatda ushbu yondashuv orqali qarashga majbur qiladi. Halokat Rossiya razvedka xizmatlari ishtirokida va o‘z-o‘zidan yonuvchi moddalar yordamida amalga oshirilganligi to‘g‘risida taxminlar bor. Rossiya shunday davlatki, uning bunday miqyosdagi halokatlardagi ishtiroki deyarli har bir holatda hisobga olinishi kerak", – dedi Gitanas Nauseda.

Avvalroq, Vilnyus aeroporti yaqinida halokatga uchragan DHL kompaniyasi yuk samolyotining halokatiga “texnik muammolar” sabab bo‘lgani haqida Litva Inqirozlarni boshqarish milliy markazi rahbari Vilmantas Vitkauskas ma’lum qilgandi.

Kiritildi: Bugun 18:18. O'qildi: 1862 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!