BKK hozirda qaysi jamoat binolarini boshpanaga aylantirish mumkinligini o‘rganmoqda. Ular orasida ma’muriy binolar va metro bekatlari bor, deb yozadi tabloid Bild.
Bundan tashqari, Bild xabariga ko‘ra, fuqarolarga eng yaqin bunkergacha bo‘lgan masofani ko‘rsatadigan mobil ilovani ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Jurnalistlarning ta’kidlashicha, BKK shuningdek, nemis aholisining shaxsiy uylari garajlari va yerto‘lalarida boshpana yaratishni rag‘batlantirishni rejalashtirmoqda.
2024 yil mart oyida Germaniya shaharlar va jamoalar ittifoqi rahbari Andre Bergeger federal hokimiyatni Germaniya tinch aholisini ehtimoliy urushdan himoya qilish uchun milliardlab dollar sarmoya kiritishga chaqirgan.
Xususan, Bergxegger mamlakatdagi bombapanohlar sonini ko‘paytirishga da’vat etdi. Sovuq urush davrida mavjud bo‘lgan 2000 ta jamoat boshpanasidan faqat 500 000 ga yaqin odamni sig‘dira oladigan 600 tasi qolgan. U «Foydalanishdan chiqarilgan boshpanalarni qayta ishga tushirish uchun jiddiy ehtiyoj mavjud,» deb ta’kidladi.