Bu haqida prezident huzurida bo‘lib o‘tgan taqdimotda aytib o‘tildi.
Shahar hududlarida qutqaruvchilarning yetib kelish vaqtini 5-7 daqiqaga, shahar markazlaridan tashqari hududlarda esa 15-20 daqiqaga tushirish vazifasi qo‘yildi, deyiladi xabarda.
Shuningdek, aholisi 250 mingdan ortiq tuman va shaharlardagi 25 ta yong‘in-qutqaruv qismini qayta tashkil etish va zamonaviy texnika bilan ta’minlash rejalari haqida axborot berildi.
Undan tashqari, suv omborlarida qutqaruv xizmatini kengaytirish zarurligi ham ta’kidlandi.