Bugun, 25 fevral kuni soat 14:47 da Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga “112” yagona dispetcherlik xizmati orqali Qo‘qon shahri Bo‘ston MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli uylardan birida chaqnash sodir bo‘lib, uning oqibatida yong‘in kelib chiqqanligi haqida xabar kelib tushgan.
Xabar asosida qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga yetib borgan va yong‘in bartaraf etilgan.
Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ayni paytda vaziyat to‘liq nazoratga olinganini ma’lum qildi.
Shuningdek, ayni daqiqalardagi ma’lumotga ko‘ra tan-jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.
Hozirda FVV qutqaruvchilari tomonidan hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.