Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Qo‘qonda xonadonda saqlanayotgan 1 mld so‘mlik pirotexnika vositalari aniqlandi

Qo‘qonda xonadonda saqlanayotgan 1 mld so‘mlik pirotexnika vositalari aniqlandi

Qo‘qon shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda oldindan kuzatuvga olingan ushbu shahar hududida harakatlanayotgan fuqaro boshqaruvidagi Damas avtomashinasi yashash xonadonlarining birini oldiga yaqinlashgan vaqtida belgilangan tartibda to‘xtatilib ko‘zdan kechirildi.

Ko‘zdan kechirish jarayonida avtomashina salonida 16 dona qutilarda jami 900 donaga yaqin mushak pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

Haydovchining ko‘rsatmasiga asosan tezkor tadbir davom ettirilib, avtomashina yaqinlashgan xonadon ham belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, yashash xonadonida ham 50 dona qutilarda jami 2800 dona mushak pirotexnika vositalari borligi aniqlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Bojxona boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘tkazilgan keng qamrovli tezkor tadbir davomida dastlabki qiymati 1 mlrd 35 mln so‘mlik jami 66 ta qutilarda 3700 donaga yaqin "7 SHOTS" nomli mushak pirotexnika vositalari holati bo‘yicha tegishli tartibda prosessual hujjatlar rasmiylashtirilib, vaqtincha saqlovga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 21:25 29.07.2025. O'qildi: 801 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!