Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Qo‘qon shahrida “Hizb ut-Tahrir” tashkilotining yashirin guruhi a’zolari ushlandi

Qo‘qon shahrida “Hizb ut-Tahrir” tashkilotining yashirin guruhi a’zolari ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlarini jalb qilgan holda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Hizb ut-Tahrir” diniy ekstremistik tashkilotining yashirin guruhi fosh etildi.

Xususan, Qo‘qon shahrida yashovchi, 1962 y.t., muqaddam “Hizb ut-Tahrir” tashkilotiga a’zo bo‘lib, Jinoyat Kodeksining 159 va 244 prim 1 hamda 244 prim 2 moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun 2000-2019 yillarda ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tagan shaxs 1965-1971 yillar oralig‘ida tug‘ilgan 4 nafar fuqaroni jalb qilgan holda noqonuniy guruh tuzgan.

2024-2025 yillar davomida Qo‘qon shahridagi choyxona va oshxonalarda o‘tkazilgan o‘zaro yig‘inlarda guruh a’zolari “Hizb ut-Tahrir” g‘oyalarini O‘zbekistonga olib kirilishini, ushbu tashkilot tomonidan chop etilgan kitob va jurnallarda ifodalangan aqidaparastlikni, xalifalik davlati qurish g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab kelishgan.

Shuningdek, “Telegram” messenjeridagi yopiq kanalga a’zo bo‘lib, unda “Hizb ut-Tahrir” DETga tegishli materiallar bilan muntazam tanishib borishgan.

Ta’kidlash lozimki, guruhning 1971 y.t. a’zosi ham muqaddam “Hizb ut-Tahrir” tashkilotidagi ishtiroki uchun 23 yillik jazo muddatini o‘tab, 2024 yilning aprel oyida ozodlikka chiqqan bo‘lsa, boshqa bir a’zosi esa firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun umrining ma’lum bir qismini panjara ortida o‘tkazgan shaxs hisoblanadi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 159 va 244 prim 1 hamda 244 prim 2 moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Kiritildi: 07:30 12.06.2025. O'qildi: 875 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!