Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Uta Abe Diyora Keldiyorovaga "vizov" tashladi

Uta Abe Diyora Keldiyorovaga "vizov" tashladi

Parij-2024 Olimpiadasining ikkinch davrasidayoq Diyora Keldiyorovaga yutqazib qo‘ygan Uta Abe ikki kun avval Vengriyadagi jahon chempionatida 5 karra jahon chempioniga aylangan edi. Yaponiyalik 24 yoshli Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Diyoradan qabul qilingan alamli mag‘lubiyatni unuta olmayapti. O‘zi bir umrga unutilmaydigan mag‘lubiyat bo‘lgandi-da!

"Olimpiada o‘tganiga ham ancha bo‘ldi, men bu musobaqa medalini qo‘lga kiritishni juda ham xohlagandim. Keldiyorova bu yerda bo‘lmaganidan xafsalam pir bo‘ldi. Umid qilamanki, u qaytadi, shunda men undan qasos olaman", - dedi Abe.

Diyora Keldiyorovaning bu yil ona bo‘lishini inobatga olsak, u 2026 yilda ham katta sportga qaytmasligi oydinlashadi. Balki, 2027 yilning o‘rtalarida Los-Anjeles-2028 Olimpiadasi uchun qaytar.

Kiritildi: 22:25 16.06.2025. O'qildi: 8071 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!