Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyga nisbatan xavfli bayonot berdi. Uning aytishicha, Isroil armiyasi Eron hududidagi istalgan nishonga zarba berishga tayyor va “daxlsizlar” degan tushuncha mavjud emas.
“Men armiyaga topshiriq berdim: Eronda daxlsizlar yo‘q. Qolganini voqealarning o‘zi aytadi”, — dedi u KAN telekanalida chiqish qilar ekan.
Nima demoqchi Netanyahu?
U hokimiyat almashishi Isroilning maqsadi emasligini ta’kidladi, ammo urush oqibatida bu ro‘y berishi mumkinligini inkor etmadi.
Isroil harbiylari Eronning barcha yadroviy ob’ektlarini nishonga olish qobiliyatiga ega, deb bildirdi.
AQSh bilan munosabatlar:
Ushbu operasiya Vashingtondan “yashil chiroq” kutmasdan amalga oshirilayotganini aytdi.
Biroq AQSH, xususan Tramp ma’muriyati, Isroilga katta qo‘llab-quvvatlov ko‘rsatayotgani ta’kidlandi.
AQSh harbiy uchuvchilari Eron dronlarini yo‘q qilishda ishtirok etmoqda, THAAD havo mudofaa tizimi ishga tushirilgan.
Isroil mudofaa vaziri Israel Kas avvalroq Xomanaiyni “diktator” deb atagan va bunday odam hokimiyatda qolmasligi kerak, degan. Netanyahu esa Beer-Shevadagi “Soroka” kasalxonasida shifoxonada bo‘lar ekan, maqsadli yo‘q qilish variantlari ko‘rib chiqilayotganini tasdiqlagan.