Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Messi: "Krishtianu Ronalduga qoyil qolaman"

Messi: "Krishtianu Ronalduga qoyil qolaman"

“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.

"Men Krishtianu Ronalduni va uning karyerasiga juda hurmat va ehtirom bildiraman. U hali ham eng yuqori saviyada kurashmoqda. U bilan raqobat maydonda edi...

Har birimiz jamoamiz uchun eng yaxshisini qilishni xohladik. Hammasi maydonda edi. Maydon tashqarisida biz ikki oddiy yigitmiz. Biz do‘st emasmiz, chunki biz birga vaqt o‘tkazmaymiz, lekin biz har doim bir-birimizga katta hurmat bilan munosabatda bo‘lganmiz", - deya Messining so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

Lionel Messi sakkiz marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Krishtianu Ronaldu besh marta sovrinni qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 15:54 20.06.2025. O'qildi: 3570 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!