"Vaziyat bilan tanish bo‘lgan manbalar Trampning sammitni tark etish qarori qisman Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning harakatlari bilan bog‘liq bo‘lganini aytishmoqda. Makron Grenlandiya masalasiga to‘xtalgan va Trampning ushbu orol ustidan nazorat o‘rnatish rejasiga qarshi chiqqan. Shuningdek, AQSh prezidentining Ukraina yetakchisi bilan uchrashuvga qiziqish bildirmagani ham bunga turtki bo‘lgan" deb yozadi nashr.
Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar prezidenti keyingi haftada bo‘lib o‘tadigan NATO sammitidan ham muddatidan oldin ketib qolmasligi uchun ushbu anjumanning kun tartibi qisqartirildi. NATO sammiti doirasida faqat bitta ishchi sessiya o‘tkaziladi, uning davomiyligi ikki yarim soat bo‘ladi.
"Alyansga a’zo davlatlar yetakchilari chorshanba kuni Gaagada uchrashadi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy esa seshanba oqshomida NATO davlatpari yetakchilari bilan kechki ovqatda ishtirok etadi", deya xabar bermoqda gazeta.