"Roma" sharafini himoya qilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiyaga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda.
Italiyalik insayder Nikolo Skira xabariga ko‘ra, "Istanbul Bashekshexir" klubi 29 yoshli hamyurtimizga 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qilgan.
RomaPress xabariga ko‘ra, Eldor bu taklifni qabul qilgan.
Uning "bo‘rilar" bilan shartnomasi 2026 yilning yozida yakunlanadi. Transfermarkt uni 5 million yevroga baholamoqda.