Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Rus va ukrain xalqlari bu bitta xalq, shunday ekan butun Ukraina bizniki — Vladimir Putin

Rus va ukrain xalqlari bu bitta xalq, shunday ekan butun Ukraina bizniki — Vladimir Putin

"Qayerga rus askarining qadami yetgan bo‘lsa, u yer bizniki", — deya qo‘shimcha qildi Rossiya prezidenti Sankt-Peterburg iqtisodiy forumidagi chiqishida.

Vladimir Putinning boshqa bayonotlari:

◾️ Rossiya hech qachon Ukraina davlati suverenitetini shubha ostiga qo‘ymagan. Ukrainaning mustaqilligi va suvereniteti, uni betaraf va harbiy bloklarga qo‘shilmaydigan davlat sifatida belgilagan deklarasiyaga asoslangan;

◾️ Men Kiyev rejimi rahbari Zelenskiy bilan uchrashib, bu masalaga nuqta qo‘yishga tayyor edim, lekin, Boris Jonson keldi va ularni bu fikrdan qaytardi. Natijada yangi hududlar bizning nazoratimizga o‘tdi;

◾️ Rossiya Ukraina bilan chegarasi bo‘ylab “xavfsizlik zonasi” yaratishga majbur bo‘lmoqda;

◾️ Kiyevning Kursk viloyatidagi harakatlari front chizig‘i uzunligini ikki baravarga uzaytirdi. Ukraina Kursk viloyatida 76 ming odamini yo‘qotdi;

◾️ Bizning maqsadimiz Sumini egallash emas, lekin men bunday ehtimolni inkor qilmayman. Sumi viloyatida yaratilishi extimoli bo‘lgan “xavfsizlik zonasi”ning kengligi 10–12 kilometrni tashkil qiladi;

◾️ Bizga qarshi “iflos yadroviy bomba”ni qo‘llash Kiyev rejimi uchun so‘nggi xato bo‘ladi. Umid qilamanki, bunday holatga hech qachon yetib bormaymiz. Yaxshiyamki, bizda Kiyev “iflos yadroviy bomba”dan foydalanmoqchiligi haqida hech qanday tasdiqlangan ma’lumot yo‘q. Rossiyaning yadroviy doktrinasida bunday tahdidga aynan shunday tarzda javob berilishi belgilangan;

◾️ Rossiya ham Isroil, ham Eron bilan aloqada bo‘lib turibdi, bizda ayrim takliflar mavjud. Rossiyaning Eron–Isroil mojarosini tartibga solish bo‘yicha taklifi ayni paytda muhokama qilinmoqda;

◾️Ziddiyatni bartaraf etish uchun Eron va Isroil uchun maqbul yechimlar topish mumkin. Bir davlatning xavfsizligi boshqasining hisobiga ta’minlanmasligi kerak;

◾️ Yaqin Sharqdagi mojaro fonida Rossiyani “ishonchsiz ittifoqchi” deb atayotganlar provokatorlardir. Rossiya har doim Eronga tinch atom sohasidagi faoliyatida yordam berib kelgan;

◾️ Meni tashvishga solayotgan narsa bu biz Uchinchi jahon urushi tomon ketayotganimizdir. Men buni behazil va hech qanday istehzosiz aytyapman.

Kiritildi: 22:19 20.06.2025. O'qildi: 1698 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!