Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Erondagi yadroviy reaktorga zarar yetdi, radiasiya xavfi mavjud

Erondagi yadroviy reaktorga zarar yetdi, radiasiya xavfi mavjud

Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) Eronning Arak shahri yaqinida qurilayotgan yadroviy ob’ektga zarba berilganini tasdiqladi. MAGATEga ko‘ra, «ahamiyatli binolar»ga zarar yetkazilgan, deb xabar beradi VVS.

Ma’lumotlarga ko‘ra, payshanba kuni Isroil harbiy samolyotlari Arakdagi reaktorni bombardimon qilgan. MAGATE ushbu ob’ektda yadroviy material mavjud emasligini bildirgan.

Arakdagi reaktor Tehrondan 250 km janubi-g‘arbiyda joylashgan bo‘lib, ilmiy tadqiqotlar uchun mo‘ljallangan. Biroq bunday reaktorlarda plutoniy hosil bo‘lishi mumkin, u esa yadroviy qurol ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.

MAGATE rahbari Rafael Grossi bildirishicha, Isroil zarbasi oqibatida «yirik radiologik hodisa» yuz bermagan bo‘lsa-da, «radiasiyali avariya» xavfi hanuz mavjud.

“Bu murakkab va noaniq vaziyatda MAGATE yadroviy ob’ektlar to‘g‘risida o‘z vaqtida va muntazam texnik ma’lumot olishi juda muhim”, – deyiladi agentlik bayonotida.

Kiritildi: Bugun 03:30. O'qildi: 1768 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!