Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Quda ko‘prikga kelganda....yohud fermer 166 mln so‘mlik qarzdorligini zudlik bilan bartaraf etdi

Quda ko‘prikga kelganda....yohud fermer 166 mln so‘mlik qarzdorligini zudlik bilan bartaraf etdi

Qo‘shtepa tumanida fermerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi Do‘stbek, o‘z faoliyati davomida soliq va yuridik shaxslarga yuzlab million so‘m qarzdorlikka yuz tutadi. Ushbu qarzlarni to‘lashdagi kechikish, fermerning iqtisodiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, mol-mulkka taqiq qo‘yilishiga olib keldi.

Byuroning qo‘shtepa tuman bo‘limi tomonidan 166 mln so‘m qarzdorlik bo‘yicha ijro hujjatlari qabul qilingach, davlat ijrochilari darhol ishga kirishdilar. Natijada, Do‘stbekning barcha mol-mulklari — jumladan avtotransport vositalariga ham taqiq qo‘yildi. Ushbu vaziyat fermer uchun katta muammo yaratdi.

Taqiqdan xabardor bo‘lsada... Do‘stbek, avtotransport vositasini sotishni qaror qildi. Ammo notariusga borganda u taqiqga qo‘yilgan mulklarni rasmiylashtira olmasligi haqida ma’lumot oldi. Ijro organlari tomonidan qo‘yilgan taqiq uning mol-mulkini sotish imkoniyatini yo‘qqa chiqargan edi.

Bu vaziyat Do‘stbek uchun kutilmagan va murosasiz bir to‘siq bo‘ldi. U tezkor ravishda qarzdorliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rishga majbur bo‘ldi.

Oxir-oqibatda, Do‘stbek jami 166 mln so‘m soliq va ikki yuridik shaxslarga bo‘lgan qarzdorligini to‘liq bartaraf etdi.

Kiritildi: 14:50 26.03.2025. O'qildi: 840 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!