Adliya vazirligi Qo‘shilgan qiymat solig‘ining “nol” stavkasi qo‘llaniladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (bundan paxta va g‘alla mustasno) ro‘yxatini (ro‘yxat raqami 3905, 21.07.2026 y.) davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2025 yil 4 sentyabrdagi PF–153-son Farmoniga asosan 2026 yil 1 yanvardan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini (paxta va g‘alladan tashqari) realizasiya qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘ining (QQS) «nol» foizlik stavkasi qo‘llaniladi.
Shunga ko‘ra, QQSning «nol» stavkasi qo‘llaniladigan 516 ta qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (bundan paxta va g‘alla mustasno) ro‘yxati tasdiqlandi.
Ushbu Ro‘yxatga kiritilgan mahsulotlarni yetishtirish uchun xarid qilingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘langan QQS summasi qaytarib beriladi, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga mazkur mablag‘lar 3 kun ichida avtomatlashtirilgan tartibda qaytariladi.