Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Qozoq tennischisi dunyoning birinchi raketkasini yutib qo‘ydi

Qozoq tennischisi dunyoning birinchi raketkasini yutib qo‘ydi

Germaniyaning Galle shahrida tennis bo‘yicha maysa qoplamali nufuzli ATP turniri davom etmoqda.

Kutilmaganda dunyoning birinchi raketkasi Yannik Sinner ikkinchi davrada qozog‘istonlik tennischiga yutqazib qo‘ydi. Aleksandr Bublik italiyalik nomdor raqibini 3/6, 6/3, 6/4 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, yakuniga yetib borayotgan haftaning asosiy shov-shuvi sababchisiga aylandi.

Taqqoslash uchun, bir paytlar Osiyo o‘yinlarida Denis Istominga yutqazgan Bublik ayni paytda ATP reytingida 45-o‘rinni egallab turibdi. Qozog‘istonlik tennischi faoliyatida ikkinchi bor Sinnerdan ustun keldi - 2:4.

Qizig‘i, Bublik Yannikni ilk bor 2023 yilda aynan Galle turnirida yutgan ekan. Ikki soatu 3 daqiqa davom etgan kechagi bahsda Aleksandr 15, Yannik 6 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo‘shxato va breyklar mos ravishda 6 ga 3 va 2 ga 1 ko‘rinishida Bublik foydasiga hal bo‘ldi. Endi u chorak finalda chexiyalik Tomash Maxachga qarshi kortga chiqadi.

Kiritildi: 10:22 20.06.2025. O'qildi: 1003 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!