Qozog‘iston Respublikasi Markaziy referendum komissiyasi respublika referendumida ovoz berishning dastlabki natijalarini e’lon qildi.
Evroosiyo integrasiyasi institutining ekzitpol natijalariga ko‘ra, yangi Konstitusiyani qabul qilish uchun 86,7 foiz ovoz berilgan. “Sosis-A” instituti so‘rovida bu ko‘rsatkich 87,4 foizni tashkil etmoqda. Ijtimoiy siyosat institutining ekzitpol natijalari esa respondentlarning 88,6 foizi yangi Konstitusiyani qo‘llab-quvvatlaganini ko‘rsatgan.
"Men ko‘plab mamlakatlarning Konstitusiyalari bilan tanishdim va ishonch bilan ayta olamanki, asosiy qonunimiz eng ilg‘orlari qatorida turadi", — dedi Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev.