Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Qozog‘istonda dengiz floti sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

Qozog‘istonda dengiz floti sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

Qozog‘iston Harbiy-dengiz kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni Qanat Niyazbekov Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlar vaqtida harbiy xizmatchilarning halok bo‘lishi ishi yuzasidan hibsga olindi. Prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev o‘tgan haftada uni lavozimidan ozod etgan edi.

Kaspiy dengizining Qozog‘istonga qarashli sektorida 22 sentyabr kuni «Kaspiy mudofaasi — 2026» mashg‘ulotlari boshlandi. Unga 500 nafardan ortiq harbiy xizmatchi jalb etildi.

24 sentyabr kuni harbiy mashg‘ulotlar davomida ob-havoning keskin yomonlashishi oqibatida Qozog‘istonning 17 nafar harbiy xizmatchisini dengiz to‘lqinlari oqizib ketdi. Ulardan faqat uch nafarini qutqarib qolishga erishildi.

Qanat Niyazbekov yuz bergan hodisani noqulay ob-havo sharoiti va to‘lqinlarning kuchayishi bilan izohladi. Bunday mashg‘ulotlarni o‘tkazishda mazkur omillar inobatga olinganmidi, degan savolga u: «Umuman olganda, inobatga olinadi», — deb javob berdi.

Bu yo‘qotish Qozog‘iston armiyasi tarixidagi eng kattasi bo‘ldi. Qosim-Jo‘mart To‘qayev barcha aybdorlarni javobgarlikka tortishni talab qildi. Besh nafar mansabdor shaxs allaqachon hibsga olindi, Qozog‘iston Mudofaa vazirligi tekshiruv komissiyasi esa mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni rejalashtirishda kamchilik va qoidabuzarliklarni aniqladi.

Kiritildi: 23:50 06.10.2026. O'qildi: 352 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!