Qozog‘istonda chet el fuqarolari uchun QazETA ilovasi orqali shaxsiy identifikasiya raqamini (IIN) onlayn rasmiylashtirish bo‘yicha sinov loyihasi ishga tushdi.
Buning uchun ro‘yxatdan o‘tish, hujjat suratini yuklash, biometrik tekshiruv va geolokasiyani tasdiqlash talab etiladi.
Ariza bir ish kunida ko‘rib chiqiladi. Tasdiqlangan taqdirda IIN va guvohnomani PDF shaklida yuklab olish mumkin.
Loyiha 2026 yil 9 noyabrdan boshlangan va bir yil davom etadi.