Qozog‘iston Qirg‘izistonning benzin yetkazib berish imkoniyatlari to‘g‘risidagi rasmiy so‘rovini ko‘rib chiqmoqda.
Bu haqda Qozog‘iston energetika vaziri o‘rinbosari Qayirxan Tutqishbayev ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy so‘rov Qirg‘iziston tomonidan kelib tushgan va ayni paytda ko‘rib chiqish jarayonida. «Biroq barcha qarorlar milliy manfaatlar va ichki muvozanatni hisobga olgan holda qabul qilinadi», — dedi Tutqishbayev.
Vazir o‘rinbosari so‘rov qanoatlantirilgan taqdirda ham, bu Qozog‘iston ichki bozorida yonilg‘i narxining oshishiga olib kelmasligini ta’kidladi. «Buni sizga rasman bayonot berib aytaman», — dedi u va Qirg‘iziston tomoniga yaqin vaqt ichida javob tayyorlanishini qo‘shimcha qildi.