Qozog‘iston ikkinchi atom elektr stansiyasi (AES) qurish bo‘yicha potensial yetkazib beruvchilar bilan muzokaralar olib bormoqda.
Qozog‘iston Atom energiyasi agentligi raisining o‘rinbosari Gumar Sergazin bu haqda Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) Bosh konferensiyasining 70-sessiyasida ma’lum qildi.
"Yadro dasturi doirasida birinchi AES qurilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda va ikkinchi AES qurilishi bo‘yicha potensial yetkazib beruvchilar bilan muzokaralar olib borilmoqda”, dedi u.
Sergazinning ta’kidlashicha, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev tomonidan 2026 yil aprel oyida tasdiqlangan respublikaning yadro sanoatini 2050 yilgacha rivojlantirish strategiyasi “yadro dasturi doirasida energetika, sanoat, fan, ta’lim va yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni birlashtiradigan zamonaviy yadro klasterini yaratish uchun asosdir”.