Bugun 16 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

L’Equipe 2026 yilgi "Oltin to‘p" uchun asosiy 5 da’vogarni ma’lum qildi

L’Equipe 2026 yilgi "Oltin to‘p" uchun asosiy 5 da’vogarni ma’lum qildi

Fransiyaning nufuzli L’Equipe nashri 2026 yilgi "Oltin to‘p" sovrini uchun asosiy besh nafar da’vogarni ma’lum qildi.

Nashrning birinchi sahifasidan "Bavariya" hujumchisi Harri Keyn, "Inter Mayami" yetakchisi Lionel Messi, "Barselona" vingeri Lamin Yamal, "Real" hujumchisi Kilian Mbappe va PSJ forvardi Usmon Dembele joy oldi.

E’tiborlisi, kuchli beshlikka Angliya Premyer-ligasida to‘p tepayotgan birorta futbolchi kiritilmagan.

Amaldagi "Oltin to‘p" sohibi Usmon Dembele hisoblanadi. Fransiyalik futbolchi 2025 yilda ushbu nufuzli sovrinni qo‘lga kiritgan.

2026 yilgi "Oltin to‘p"ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu mukofot tarixidagi 70-marosim bo‘ladi.

G‘olib FIFA reytingidagi kuchli 100 mamlakatdan bir nafardan saralangan jami 100 nafar jurnalist ishtirokidagi ovoz berish natijalariga ko‘ra aniqlanadi.

Kiritildi: 15:10 15.09.2026. O'qildi: 968 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!