Qoraqalpog‘iston Respublikasida bojxona nazorati vaqtida xorijdan olib kelinayotgan BMW avtomobili ichiga yashirilgan 23 dona jangovar patron aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘zA ma’lumotiga ko‘ra, Gruziyadan Tojikistonga yo‘l olgan yuk mashinasi Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga kirib kelayotganida "Dovut-ota" chegara bojxona postida tekshirilgan.
Ko‘rik jarayonida yuk avtomobilida tashilayotgan BMW'ning orqa o‘rindig‘i ostidan 9 millimetrli 23 dona patron topilgan.
Ekspertiza natijasida o‘q-dorilar Chexiyada zavod sharoitida ishlab chiqarilgani va jangovar qurollarda foydalanish uchun yaroqli ekani tasdiqlangan.
Ayni paytda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.