Bugun 2 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda gaz bo‘yicha bazaviy me’yor muddati uzaytirildi​​​​​​​

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda gaz bo‘yicha bazaviy me’yor muddati uzaytirildi​​​​​​​

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, mart oyining dastlabki 15 kunida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo haroratining past bo‘lishi kutilmoqda.

Shu sababli aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, Prezident topshirig‘iga asosan Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror qabul qildi.

Unga ko‘ra, ushbu ikki hudud uchun isitish mavsumida belgilangan 500 kub metrli bazaviy me’yor amal qilish muddati 2026 yilning 15 martigacha uzaytirildi.

Eslatib o‘tamiz, respublikaning boshqa hududlarida 1 martdan boshlab bazaviy me’yor odatdagi 100 kub metr etib belgilangan. Qoraqalpog‘iston va Xorazmda esa harorat ko‘rsatkichlari inobatga olingan holda, fuqarolar yana yarim oy davomida imtiyozli tarifdan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Kiritildi: Bugun 14:55. O'qildi: 477 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!